13 Feb
13Feb

13-fevral kuni Inson huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi a’zolari Andijon viloyatiga borib, fuqaro Jumonova Mutabarxonning murojaatini o‘rgandilar. Murojaatda uy-joy mulki bilan bog‘liq nizolar va meros masalalari haqida so‘z borgan edi. Jumonova Mutabarxon uyini qaytarib olishda qiyinchiliklarga duch kelgani va davlat bojini to‘lash imkoniyatiga ega emasligini bildirgan edi.

Qo‘mita a’zolari mahalla fuqarolar yig‘ini va hokimlik vakillari bilan birgalikda holatni o‘rganib chiqdilar. Muloqotlar va muhokamalar natijasida masala ijobiy hal etildi. Jumonova Mutabarxonning uyini qaytarib olishiga yordam berilib, unga kerakli huquqiy maslahatlar ham berildi.

Ushbu ish nafaqat bir fuqaroning muammosini hal qilishda, balki boshqa insonlar uchun ham adolat va huquq himoyasi borligini ko‘rsatdi. Qo‘mita a’zolari kelgusida ham fuqarolarning huquqlarini himoya qilish yo‘lida faoliyatini davom ettiradi.